Static elementlar
Class, funksiya, obyekt
yoki propertyni static(static) element sifatida e`lon qilish mumkin. Bundan
ko`zlangan maqsad statik elementni xotiraning yuqori pog`onasiga chiqarib
qo`yish va uni xotirada doim saqlash, kerak bo`lganda unga murojaat qilish.
Statik bo`lmagan elementlar esa classga murojaat vaqtida ular ham yangidan
xotiraga olinadi, classni ishlatishni to`xtatib block yopilganda esa u
elementlar xotiradan tozalab tashlanadi. Undan tashqari class ni bir necha
marta qayta-qayta murojaat etib chaqirib foydalanilganda shu class tipida bir
nechta obyekt hosil bo`ladi, statik bo`lmagan elementlari har bir klassda
alohida element qabul qiladi, statik bo`lsa shu obyektlarda hammasida ayni shu
statik elementi bir xil qiymatga moslashib qoladi(bittasidagi statik element
o`zgartirilsa hamma obyektlarda xuddi shu statik element bir xil yangi qiymatga
o`zgarib qoladi).
Funksiyalar
ham statik bo`lishlari mumkin. Bu qachon bo`ladi? Qachonki bir funksiyaning
vazifasi o`zi joylashgan classdagi boshqa funksiyaga bog`liq bo`lmasa va uni
asosan boshqa classlardan chaqirilsa shunda ishlatiladi.
Static
elementlar class nomidan so`ng nuqta(.) qo`yib chaqiriladi
Masalan:
Console.WriteLine("..."); System.out.println("...");
bu yerda Console va System -class, WriteLine
va println esa statik funksiyalar.
No comments:
Post a Comment