Wednesday, May 8, 2013

Kompyuterni keraksiz fayllardan tozalash

Bu qo`llanmaning afzal tomoni shundaki: 
Ko`rsatmalar orqali oddiy foydalanuvchi 
ham o`z kompyuterini keraksiz 
fayllardan tozalashi mumkin

            Kompyuter ishlashida sekinlashish yoki shunga o`xshash muammolar kelib chiqish muammolari deyarli har birimizda uchraydi. Bunga sabablar nimada? - Shu kompyuterda ishlaymizmi demak unga doim xizmat ko`rsatib turishimiz lozim, chunki qarovsiz qoldirsa hatto temir ham zanglaydi! Xizmat ko`rsatish nima bo`lishi mumkin? - Viruslardan himoya dasturlarini o`rnatish, Kerakli nastroykalarni amalga oshirish, Keraksiz fayllarni o`chirib tashlash va Foydalanilmaydigan Service(служба)larni to`xtatib qo`yish!
Antiviruslar haqida to`xtaladigan bo`lsak- har qaysi antivirusni o`z joyi bor. Kompyuterga virus tushirmaslik hozirda ko`proq antivirusdan foydalana olmaganligimizdan vujudga kelmoqda. Vaqtida ba`zasini yangilab turmaymiz. Umuman olganda antivirus har doim ishlab turishi kerak emas! Agarda kompyuter tarmoqqa, internetga ulanmagan bo`lsa antivirusni o`chirib qo`yish mumkin, chunki tezroq ishlaydi. Qachonki fleshka ulashdan oldin antivirusni qo`shib fleshkani tekshirib olib yana o`chirib qo`ysa bo`ladi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni antivirus bilan birgalikda ishlating!
            Keraksiz fayllar nima va u qayerdan yig`ilib qoladi? - Windows OS(Operatsion Sistema) sida Temporary Files(vaqtinchalik fayllar) dan ko`p foydalaniladi. Kerakli dastur ochilganda maxsus Temp papkalarda shu fayllar saqlanib turadi. Bu fayllarni shu papkalarga kirib o`chirib yurardik ilgari. Mana bir necha yilki bu noqulayliklarni avtomatik amalga oshiriladigan dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Bular Utilit lar deyiladi. Bu utilitlar sistemaga foyda bilan birga ma`lum miqdorda zarar ham keltirishi mumkin. Bularning ichida eng zararsiz bo`lgan dasturlarni keltirib o`tmoqchimiz.
1-Ccleaner(http://www.ccleaner.com/). Bu dasturga qo`llanma quyida keltirillgan.
2-Auslogics Disk Defrag 1.3 (free version)
Dasturning ko`rinishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan


1-rasm


Zapustit Cleaner tugmasi 2-3 marta bosiladi, shunda kompyuterni keraksiz fayllardan tozalaydi.
Vaqti-vaqti bilan registrlarni ham tozalab turish foydali. Chunki Windows OS registrlarga tayanib ishlaydi. Registrni oddiy so`z bilan eng tez ishlaydigan ma`lumotlar ba`zasi deyish mumkin. Bu yerda faqat nastroykalar saqlanadi. Bu yerda ham keraksiz ma`lumotlar yoki ma`lumoti yo`q manzillar ancha sekinlashtirib qo`yishi mumkin. Aslida Registrlarni ham defragmentatsiya qilgan yaxshi. Ammo har qanday dasturni ishlataverish yaramaydi! Ccleanerdagi registr muammolarini ta`mirlash bo`limi zararlimi yoki yo`qmi tekshirib ko`rmaganman!
Foydalanish uchun Poisk problema va so`ng Ispravit tugmalari bosiladi (2-rasm)


2-rasm
Shu o`rinda Kompyuter ishga tushganida sekin yuklanish muammosi ham ko`pchiligimizda uchraydi.
Сервис => Автозагрузка bu sizning mashinangiz ishga tushganda birinchi yuklanadigan dasturlar ro`yxati. Keraklisini qoldirib qolganini shu yerdan o`chirib qo`yish yaxshiroq. Kerakli ekanini qanday bilamiz? - Qizil to`rtburchak bilan belgilangan joyga e`tibor bering. C:/Windows/ bilan boshlangan shu ro`yxatdagi har qanday file kerakli! Undan tashqari Программа  bo`limida ko`rib turganingizdek dastur nomi ko`rsatilgan. E`tibor bering Antivirus qoldirishi kerak, Google Update qolishi kerak . va sizga kerakli bo`lganlari qolaveradi.(3-rasm)

3-rasm



DASTURDAN FOYDALANISH YUQORIDA TUSHUNTIRIB O`TILDI. ENDI BU DASTURNI BIR BUYRUQ BILAN AVTOMATIK ISHLATIB YUBORISHNI NASTROYKA QILIB QO`YISH MUMKIN. E`TIBORINGIZNI SHUNGA QARATAMIZ.
Demak 4-rasmda ajratib ko`rsatilgan joylarga qizil rang bilan chizilgan. Shu joylarga galchka qo`ying.
4-rasm
5-ramda ko`rsatilgandek Korzina ga sichqonchaning o`ng tugmasini bosasiz va ushbu munyu ochiladi. Zapustit Ccleaner ni bosing va avtomatik tarzda o`zi tozalaydi.
5-rasm
Kompyuterni ishga tushirganda bir marta Zapustit qilib olishingizni maslahat beramiz.



Dasturni bu yerdan ko`chirib oling!

No comments:

Post a Comment